14 mingga yaqin yosh muhandislarni bir maydonga jamlagan xalqaro festival o‘z yakuniga yetdi
Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 28–30 aprel kunlari oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yoshlar, muhandislar va innovatorlar uchun haqiqiy tantanaga aylandi. Festival doirasida yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.